Ko‘pincha odamlar kamida bir marotaba bo‘lsa ham zudlik bilan boshqa davlatga pul o‘tkazish yoki boshqa davlatdan pul qabul qilish zaruratiga duch kelgan. Ammo O‘zbekistondagi aksariyat banklarda xalqaro pul o‘tkazmasini faqat ish kunlarida va ma’lum soatlardagina amalga oshirish mumkin. Bankga borish har doim ham qulay emas, ayniqsa ish kunlarida. Apelsin ushbu muammoga yechim taklif qiladi.

Apelsin Western Union tizimi bo‘yicha onlayn pul o‘tkazmalari xizmatini ishga tushirdi — bu O‘zbekistonda moliyaviy operatsiyalar sohasida misli ko‘rilmagan voqeadir.


Endilikda siz haftaning istagan kuningizda mablag‘ jo‘natish va qabul qilish hamda yaqinlaringiz bilan nafaqat messenjerlarda aloqada bo‘lishingiz, balki xar kuni kechayu-kunduz ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishingiz mumkin.

Western Union orqali pul jo‘natish yoki qabul qilish uchun sizga bor-yo‘g‘i smartfon va «Kapitalbank»da ochilgan hisob kerak bo‘ladi xolos.

«Apelsin ilovasi menyusidagi „Xalqaro o‘tkazmalar“ bo‘limida Western Union tizimini, so‘ng sizga kerak bo‘lgan tartibni — pul mablag‘larini jo‘natish yoki qabul qilishni tanlashingiz kerak bo‘ladi. Ilovada oddiy bosqichma-bosqich instruksiyasi mavjud. Uning yordamida pul jo‘natish yoki qabul qilishingiz juda qulay va oson bo‘ladi», — deya tushuntirdi «Kapitalbank»ning boshqaruv raisi o‘rinbosari Timur Emirsaliyev.

Mazkur yangi xizmatning o‘ziga xos jihati shundaki, Apelsin ilovasi foydalanuvchilari Western Union tarmog‘ida 200 dan ortiq mamlakat va hududlarni qamrab olgan pul jo‘natish va qabul qilish imkoniyatiga egadir.

«Western Union — xalqaro pul o‘tkazmalari sohasidagi yetakchi kompaniya hisoblanadi. Biz hamisha o‘z mijozlarimizga pul o‘tkazishning eng qulay usullarini taklif etishga harakat qilamiz. Mamlakatimizdagi eng innovatsion banklardan biri bo‘lgan „Kapitalbank“ bilan hamkorligimiz tufayli endilikda O‘zbekistondagi mijozlar uydan chiqmasdan turib xalqaro pul o‘tkazmalarini tez va qulay tarzda amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar», — dedi Western Union Sharqiy Yevropa va MDH davlatlari bo‘yicha mintaqaviy vitse-prezidenti Andrey Ageyev.

Apelsin ilovasida siz yuborgan pul oluvchiga yetib borguncha o‘tkazmani bekor yoki tahrir qilishingiz mumkin. Shuningdek, ilova o‘tkazma holatini kuzatib borish imkonini beradi.


Xizmatdan foydalanish uchun Apelsin ilovasida identifikatsiya qilingan foydalanuvchi bo‘lishingiz, ya’ni «Kapitalbank»ning kartasiga ega bo‘lishingiz lozim. Shuningdek, Western Union orqali o‘tkazmalarni amalga oshirish uchun AQSh dollarida maxsus hisob ochishingiz kerak bo‘ladi. Identifikatsiyadan o‘tgan mijozlar bunday hisobni Apelsin ilovasi orqali ochishlari mumkin bo‘ladi.


Apelsin — O‘zbekistondagi milliondan ortiq foydalanuvchi afzal deb bilgan bank ilovasi hisoblanadi. Mazkur universal to‘lov tizimida siz o‘z moliyangizni boshqarishning ko‘plab variantlarini topasiz. Shuningdek, Apelsin ilovasi turli aksiyalarda qatnashish va bonuslarni qo‘lga kiritish imkonini ham beradi.

Ilovani quyidaki havoladan yuklab olishingiz mumkin.

Sayt: apelsin.uz
Facebook: fb.com/apelsin.digital
Instagram: @apelsin.uz
Telegram: t.me/apelsin

Reklama huquqlari asosida.