Markaziy bank boshqaruvi Toshkent shahrida “Bank Apelsin” aksiyadorlik jamiyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va unga bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

2019 yil oxirida Kapitalbank mijozlari uchun Apelsin ilovasi sifatida paydo bo‘lgan mahsulo o‘tgan vaqt ichida mustaqil raqamli bankka aylandi.

“Bizning jismoniy bo‘limlarimiz va filiallarimiz bo‘lmaydi, lekin biz har doim siz bilan, har doim qo‘l ostida, 24/7 mobil telefoningizda bo‘lamiz”, — deyiladi Apelsin bayonotida.

O‘zbekistonda 2018 yilda raqamli bank faoliyatini amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ldi.