AQSh mudofaa vaziri yordamchisi Kristofer Mayer boshchiligidagi idoralararo delegatsiya O‘zbekistonda chegara xavfsizligi masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Deniel Rozenblyum o‘zining Twitter`dagi sahifasida yozib qoldirdi.

Avvalroq, Politico amerika nashri AQSh Mudofaa vazirligi vakillari oktabrda O‘zbekistondagi tashrif davomida AQShning terrorizmga qarshi kurashish kuchlarini joylashtirishni muhokama qilmoqchi эканлигиниёзган edi. O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov ushbu xabarga izoh bera turib, O‘zbekiston hududida AQShning terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha qurolli kuchlarini joylashtirish imkoniyati «muhokama qilinmayapti va bu masala kun tartibida ham turgani yo‘q», — deya ta’kidlagan edi.

«Mudofaa vaziri yordamchisi Kristofer Mayer boshchiligidagi idoralararo delegatsiyaning tashrifi chog‘ida O‘zbekiston hukumati bilan so‘nggi bir necha kun ichida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha samarali muzokaralarda ishtirok etish va chegara xavfsizligi masalalarini muhokama qilishdan juda xursandman», deb yozadi Deniyel Rozenblyum.

May oyida The Wall Street Journal nashri AQSh Afg‘onistondan olib chiqilayotgan qo‘shin va harbiy texnikani Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston va Tojikistonga joylashtirilishi imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edi.

O‘zbekistonning 2018 yil yanvar oyida qabul qilingan Mudofaa doktrinasiga ko‘ra, mamlakat hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari va obyektlarini joylashtirishga ruxsat berilmaydi.