Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 13 oktabrdan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 18,01 so‘mga ko‘tarildi va 10 684,01 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 24,02 so‘mga ko‘tarildi va 12 348,58 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,29 so‘mga pasaydi va 148,59 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,37 so‘mga pasayib, 10 666 so‘mni tashkil qilgandi.