Doniyor Rustamov axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “Nigoh” Telegram-kanali xabar berdi.

Bunga qadar ushbu lavozimda faoliyat olib borgan Bahromjon Olmatov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Mazkur tayinlovga qadar Doniyor Rustamov axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (“O‘zkomnazorat”) boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Ma’lumot uchun, Bahromjon Olmatov 2015 yilning dekabridan boshlab AKT vaziri o‘rinbosari lavozimda faoliyat olib borgan.