Ijtimioy tarmoqlarda Farg‘onada 8 oylik homilasi bilan kelinchak pichoqlab o‘ldirilgani haqida videolavha tarqalgan. Holat yuzasidan Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov izoh berdi.

Aniqlanishicha, iyun oyida U. N. Yozyovon tumani, O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan xonadonlar biriga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, mol-mulklarni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan vaqtida uyda bo‘lgan homilador M. Q. uni ko‘rib qolgan. Shu sababli U. N. ayolni pichoq bilan bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda M.Q kasalxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 23 iyun kuni Yozyovon tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) va 164-moddasi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha 1 nafar shaxsga ayb e’lon qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqish uchun 16 sentabr kuni Farg‘ona viloyat sudiga yuborilgan.