O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari muzokaralari ikki mamlakat vazirliklari, idoralari va hududlari rahbarlari imzolangan hujjatlar bilan almashish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Prezidentlar qo‘shma bayonot qabul qildilar.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ikki mamlakat o‘rtasida chegaradosh hududlarda savdo markazlarini tashkil etishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston-Turkmaniston chegaraoldi savdo zonasini tashkil etish va uning faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida bitim imzolandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bundan tashqari, tomonlar tovar ayirboshlash hajmini oshirish hamda korxona va kompaniyalar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli sheriklik aloqalarini kengaytirish to‘g‘risida bitimni imzoladilar.

Shuningdek, bojxona chegarasidan o‘tayotgan tovarlar va transport vositalari to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar almashishni tashkil etish to‘g‘risidagi bayonnoma imzolandi.

Tomonlar ishbilarmon doiralar vakillari uchun viza tartibini soddalashtirish to‘g‘risidagi bitimni va fuqarolarning 2004 yil 19 noyabrdagi o‘zaro sayohatlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi bayonnomani ma’qulladilar.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Transport, tranzit tashishlar, suvni tejovchi texnologiyalar, adliya, ijtimoiy himoya, statistika, o‘simliklar karantini va himoyasi, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirishga doir muhim hujjatlar imzolandi.

Hammasi bo‘lib, tashrif doirasida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkmaniston hamkorligining deyarli barcha yo‘nalishlarini qamrab oluvchi jami 23 ta hujjat imzolandi.