Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikda O‘zbekistonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini oshirishda amalga oshirilayotgan ishlar alohida ahamiyatga ega. O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bog‘liq 100 dan ortiq loyihalarni amalga oshirishda xayrihohlik bildiradi.

Islom taraqqiyot banki guruhning O‘zbekistonning bank sektori bilan hamkorligi natijasida tadbirkorlar o‘rtasida islomiy moliyalashtirish mahsulotlari keng tarqalmoqda.


“Agrobank” AKB, shuningdek, Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi va Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) (Islamic Trade Finance Corporation (ITFC)) bilan faol hamkorlik qiladi.

Hamkorlik davrida “Agrobank” “islomiy bankchilikning” tamoyillariga asoslangan 50 ga yaqin loyihalarni moliyalashtirdi va ushbu moliyalashtirishga bo‘lgan talab o‘sishda davom etmoqda.


Joriy yilning 1 sentyabr kuni ITFC savdoni moliyalashtirish va rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan yig‘ilishida “Agrobank” faoliyati yuqori baholanib, eng ko‘p kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirgan banki sifatida e’tirof etildi.


“Agrobank” ushbu nufuzli e’tirofni yuksak baholaydi hamda ITFC ko‘magida tadbirkorlik subyektlari loyihalarni moliyalashni kengaytirishda davom etadi.

Telegram: t.me/agrobankpress

Reklama huquqlari asosida.