«soliqlar» tegli maqolalar


O‘zbekistonning top-20 soliq to‘lovchisi ma’lum bo‘ldi. Ro‘yxatga kimlar kirdi?
20 aprel 2024, 17:45

O‘zbekistonning top-20 soliq to‘lovchisi ma’lum bo‘ldi. Ro‘yxatga kimlar kirdi?

Soliq qo‘mitasi 2024-yilning birinchi choragi bo‘yicha O‘zbekistonning eng yirik 20 ta soliq to‘lovchisi nomini ma’lum qildi. Davlat korxonalari orasida NKMK, OKMK va “Hududgazta’minot”, xususiy sektor orasida esa UZBAT, Enter Engineering va boshqalar yetakchilik qilmoqda.

1-apreldan issiqlik ta’minoti xizmatlariga QQSning nol stavkasi bekor qilinadi. Bu tariflarga qanday ta’sir qiladi?
7 mart 2024, 21:12

1-apreldan issiqlik ta’minoti xizmatlariga QQSning nol stavkasi bekor qilinadi. Bu tariflarga qanday ta’sir qiladi?

Veolia Energy Tashkent 1-apreldan issiqlik ta’minoti xizmatlari (va bir qator boshqa kommunal xizmatlar) uchun QQS bo‘yicha imtiyoz bekor qilinishini eslatib, bu abonentlarning avans to‘lovlariga qanday ta’sir qilishini tushuntirdi.

Umumiy ovqatlanish uchun aylanmadan yagona soliq yoki QQSning pasaytirilgan va hisobga olinmaydigan stavkasi joriy etilishi mumkin
29 fevral 2024, 19:42

Umumiy ovqatlanish uchun aylanmadan yagona soliq yoki QQSning pasaytirilgan va hisobga olinmaydigan stavkasi joriy etilishi mumkin

Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun aylanmadan yagona soliq yoki QQSning pasaytirilgan va hisobga olinmaydigan stavkasini joriy etish taklif qilinmoqda. Savdo-sanoat palatasi rahbari Davron Vahobov umumiy ovqatlanish korxonalariga QQS bo‘yicha yagona soliq solish tartibi joriy etishni taklif qildi.

Biznesga Soliq kodeksining 227−1-moddasi bo‘yicha qo‘llangan jarimalarning 98 foizi hisobdan chiqariladi
27 fevral 2024, 14:51

Biznesga Soliq kodeksining 227−1-moddasi bo‘yicha qo‘llangan jarimalarning 98 foizi hisobdan chiqariladi

Prezident Soliq kodeksining 227−1-moddasida nazarda tutilgan fiskal huquqbuzarliklar uchun jarima miqdorini 50 baravarga — aylanmaning 100 foizidan 2 foizigacha kamaytirishni tasdiqladi. Shuningdek, biznesga bu modda qo‘llanilishi natijasida yuzaga kelgan qarzlarning 98 foizi hisobdan chiqariladi.

2024-yildan sement uchun ohaktosh bo‘yicha soliq stavkasini 2 baravar kamaytirish taklif etilmoqda
8 noyabr 2023, 17:40

2024-yildan sement uchun ohaktosh bo‘yicha soliq stavkasini 2 baravar kamaytirish taklif etilmoqda

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ohaktosh bo‘yicha soliq stavkasini 2 baravar kamaytirish taklif etilmoqda. Taklif mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish uchun ilgari surilgan. Bu budjet tushumlari 160 mlrd so‘mga kamroq bo‘lishiga olib kelishi prognoz qilinmoqda.

Kolonka: Ortiqcha to‘langan QQS qaytariladimi yoki yo‘qmi? Qaytarilmaydiganga o‘xshaydi
28 iyul 2023, 21:29

Kolonka: Ortiqcha to‘langan QQS qaytariladimi yoki yo‘qmi? Qaytarilmaydiganga o‘xshaydi

Toshkentdagi korxonalardan birida direktor bo‘lib ishlayotgan muallifimiz Vladimir Srapionov “O‘zgalar qarzining og‘irligi” ruknida ortiqcha to‘langan QQSni qaytarish bilan bog‘liq noaniq vaziyat mavzusini davom ettiradi.

Kolonka: Boshqalarning qarzlari yuki
19 iyul 2023, 14:49

Kolonka: Boshqalarning qarzlari yuki

Toshkentdagi korxonalardan birining direktori Vladimir Srapionov nega hamkorlari to‘lamagan QQS uchun javobgar bo‘layotganiga javob izlarkan, korxonasining Kontragentlar reyestrini o‘rganib, qiziq detallarga duch kelmoqda. Nega tadbirkorlar haligacha o‘z kontragentlarining qarzlari bo‘yicha javobgar bo‘lmoqda?

QQS stavkasining 12 foizga tushirilishi narxlarga qanday ta’sir qiladi? O‘zbekiston moliya vaziri o‘rinbosarining javobi
28 dekabr 2022, 21:04

QQS stavkasining 12 foizga tushirilishi narxlarga qanday ta’sir qiladi? O‘zbekiston moliya vaziri o‘rinbosarining javobi

Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov QQSning 12 foizga tushishi ortidan narxlarning pasayishini «ehtimoldan yiroq» deb atadi. Uning fikricha, kompaniyalar «soliq stavkasi pasayishidan oladigan foydani xaridorlarga berishi dargumon». Uning aytishicha, raqobatbardosh bozorlardagina narxlar tushishi mumkin.

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i 10 foizga oshishi kutilmoqda
11 noyabr 2021, 19:50

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i 10 foizga oshishi kutilmoqda

2022 yilda jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalarini 10 foizga oshirish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, aksiz solig‘i stavkalarining o‘rtacha 10 foizga oshishi kutilmoqda. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi esa amaldagi 2 foizdan 1,5 foizga kamaytirish ko‘zda tutilgan. Hisob palatasi 2022 yilgi davlat budjeti qonuni loyihasi va budjetnoma bo‘yicha xulosa berdi.

Sement ishlab chiqaruvchilariga foyda solig‘i stavkasi pasaytiriladi
31 avgust 2021, 15:37

Sement ishlab chiqaruvchilariga foyda solig‘i stavkasi pasaytiriladi

1 oktyabrdan boshlab sement (klinker) ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘ining stavkasi 15 foizgacha pasaytiriladi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar import mahsulotlari bilan raqobatlasha olmayotgani uchun bu haqda prezidentdan tadbirkorlar bilan uchrashuvda so‘ralgan edi.

2021 yilda soliq tushumlari qanday o‘sdi?
17 iyul 2021, 12:03

2021 yilda soliq tushumlari qanday o‘sdi?

Birinchi yarimyillikda O‘zbekiston davlat byudjeti daromadlari 28,7% ga — 74,9 trln so‘mgacha o‘sdi. Foyda solig‘i bo‘yicha tushumlarning 67,8 foizi oltin va mis qazib olish korxonalari, QQS bo‘yicha — neftgaz sektori va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilari hamda avtomobil va ehtiyot qismlari importi hissasiga to‘g‘ri keldi.

2021 yil uchun soliq siyosati. Nimalar o‘zgardi?
6 yanvar 2021, 23:27

2021 yil uchun soliq siyosati. Nimalar o‘zgardi?

O‘zbekiston Soliq kodeksiga bir qator yangilanishlar va o‘zgartirishlar kiritildi. 2021 yilda aksiz solig‘ining 3 marta ko‘tarilishi, yangilangan soliq imtiyozlari va boshqa soliq siyosatidagi o‘zgarishlar.

2021 yilda soliq siyosati qanday bo‘ladi — Moliya vazirligi loyihasi
26 noyabr 2020, 17:42

2021 yilda soliq siyosati qanday bo‘ladi — Moliya vazirligi loyihasi

2021 yilga mo‘ljallangan soliq siyosatida asosiy soliq stavkalarini saqlab qolish, aksiz solig‘i, yer solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalarini Soliq kodeksiga kiritish, 73 xil tovarga aksiz solig‘ini bekor qilish, eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash va boshqa choralar ko‘zda tutilgan. Qonun loyihasi Moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting