Para-yengil atletikachi Asila Mirzayorova Paralimpiada musobaqalarida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Foto: paralympic.org

27 avgust kuni para-yengil atletika dasturining T11 klassida ayollar o‘rtasida uzunlikka sakrash bahslarida ishtirok etgan Mirzayorova 4.91 metr natija ko‘rsatgan holda 2-o‘rinni egalladi va kumush medalga sazovor bo‘ldi. 1-o‘rinni rinni braziliyalik Kosta de Oliveyra (5 m) egallagan bo‘lsa, 3-o‘rinni ukrainalik Yuliya Pavlenko (4,86 m) egalladi.

Foto: MOQ axborot xizmati

Shu tariqa Asila Mirzayorova O‘zbekiston delegatsiyasiga ikkinchi medalni taqdim etdi. Avvalroq, o‘zbekistonlik suzuvchi Islam Aslanov 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.