Para suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Islam Aslanov 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan final musobaqasida 3-o‘rinni egalladi, deya xabar bermoqda Milliy paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Hozirda bu paralimpiya o‘yinlaridagi O‘zbekiston delegatsiyasining ilk bronza medali hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi sababli bir yilga qoldirilgan Yaponiya poytaxti Tokiodagi Paralimpiya o‘yinlari 24 avgustda boshlanib, 5 sentyabrga qadar bo‘lib o‘tadi.

MOQ ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoa vakillari sportning 8 turi bo‘yicha 55 ta litsenziyani qo‘lga kiritgan.