20 avgust kuni O‘zbekistonda 881 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 148 203 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 140 941 (+853) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1015 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, juma kuni 412 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 20 393 nafarga yetdi.

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 138 nafarga yetdi.