Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) Tokiodagi XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlari ochilish marosimida O‘zbekiston termasi bayroqdorlari nomini e’lon qildi. Bayroqni para-yengil atletikachilar Muhammad Rexsimov va Nurxon Qurbonova ko‘taradigan bo‘ldi.

«Gazeta.uz» avvalroq musobaqalar 24 avgustdan 5 sentyabrgacha bo‘lib o‘tishi, ularda 22 ta sport turi bo‘yicha 540 ta medallar jamlanmasi o‘ynalishi haqida yozgan edi. O‘zbekiston milliy termasining 48 nafar a’zosi 8 ta sport turi bo‘yicha 55 ta litsenziyani qo‘lga kiritgan.

Delegatsiya Yaponiya poytaxtiga 20 avgust kuni uchib ketdi. Para-sportchilarni bosh vazir Abdulla Aripov, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva, prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari Rustam Shoabdurahmonov kuzatib qo‘ydi.