Super og‘ir vazn toifasida Olimpiada oltin medali uchun jang qilayotgan Bahodir Jalolov Tokio-2020 finaliga yo‘l oldi. Jalolov murosasiz kechgan yarim final bahsida britaniyalik bokschiga qarshi ringga ko‘tarildi.

Freyzer Klarkka bilan kechgan jangda Jalolov o‘zining kuchli zarbalari bilan raqibini ojiz qoldirdi. 3-raund o‘tib borayotgan bir vaqtda raqibning jarohati sabab bellashuv yakuniga yetmadi. O‘sha vaqtgacha hisoblangan ochkolar soni bo‘yicha Jalolov yaqqol ustunlik qildi va Olimpiada finalga yo‘l oldi.

Uning oltin medal uchun kechadigan bahsdagi raqibi AQSh vakili Richard Torres raqiblik qiladi. Torres yarim finalda qozog‘ichtonlik Qashibek Ko‘nkabayevni mag‘lub etdi.

Ma’lumot uchun, final bahsi 8 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 11:15 da boshlanadi.