31 iyul kuni Uzbekistan Helicopters MCHJ tijoriy maqsadlar uchun yangi sotib olingan ikkita Airbus H125 taqdimotini o‘tkazdi. Shuningdek, avvalroq keltirilgan ikkita MI-8MTV vertolyotlari ham namoyish etildi.

Bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov va transport vaziri Ilhom Maxkamov ushbu vertolyotlar mahalliy va xorijiy turistlar uchun O‘zbekistonni yanada go‘zal tabiatini, shahar manzaralari, tog‘ va cho‘l hududlarining o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatishga xizmat qiladi.

Uchuvchilar bir necha oy mobaynida o‘quv kurslari, treninglarda o‘z malakalarini oshirgani aytildi. Ta’kidlanishicha, mazkur vertolyotlar sayyohlarga xavfsiz va qulay parvozni ta’minlay oladi.

Transport vazirining so‘zlariga ko‘ra, mazkur taqdimotni o‘tkazishdan asosiy maqsad turistik va boshqa maqsadlarga ushbu vertolyotlar ko‘rsatadigan xizmatlar haqida ma’lum qilishdan iborat. U shuningdek, yil yakuniga qadar yana ikkita Airbus H130 vertolyotini sotib olish reja qilinayotganini ma’lum qildi.

Aziz Abduhakimov va Ilhom Maxkamov (chapdan o‘ngga).

«Afsuski, Uzbekistan Airways bir vaqtlar jamoatchilik uchun yopiq edi. Endi kichik va katta qadamlar bilan ochiqlik sari ildam harakat qilmoqda. Bilasizmi, bundan buyon Uzbekistan Airways va Uzbekistan Helicopters kompaniyalari faqat yo‘lovchilar uchun ishlaydi», — dedi Maxkamov.

Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovning aytishicha, vertolyotlar parvozini amalga oshirishda monopoliyaga yo‘l qo‘yilmaydi.

«Uzbekistan Helicopters davlatga qarashli kompaniya bo‘lsa-da, bu monopoliyani anglatmaydi. Vertolyot parvozlari bozori rivojlanib bormoqda. Bu borada yana bir nechta ham mahalliy, ham xorijiy investorlarimiz vertolyot parvozlarini tashkil etishga tayyorlanmoqda va o‘z aviakompaniyalarini ro‘yxatdan ham o‘tkazishdi. Pandemiya sabab bu rejalar ozgina orqaga surildi. Mana hozir vaksinatsiya jadal amalga oshirilmoqda va o‘ylashimcha turistik oqimlar yana tiklanishi bilan bu rejalar to‘liq amalga oshiriladi. Bu bozor barcha ishtirokchilar uchun ochiq va biz xususiy sektorni ham jalb etishga tayyormiz», — dedi Abduhakimov.

Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov.

Airbus H-125 vertolyoti jami 6 kishiga (2 nafar uchuvchi va 4 nafar yo‘lovchi) mo‘ljallangan. 3 nafar ekipaj a’zolaridan iborat MI-8MTV vertolyotining biri 20, ikkinchisi esa 16 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi.

Turizm va sport vazirining so‘zlariga ko‘ra, kelajakda uzoq muddatli va O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga ham parvozlar yo‘lga qo‘yiladi. U shuningdek, Airbus H125 vertolyotida bir soat parvoz narxi qanchaligini ham ochiqladi.

«To‘rt kishi vertolyotga o‘tira oladi va parvoz vaqtiga qarab, 1 soatini 12 mln so‘mdan hisoblasak bo‘ladi. Bunda albatta yoqilg‘i energiyasi va investitsiyalarni qoplash nuqtai nazaridan narx belgilangan. Hozircha Uzbekistan Helicopters vertolyotlar parvozini taklif qilayotgan yagona kompaniya bo‘lib turibdi, albatta bu narxlar yangi raqobatchi kompaniyalar tushishini biz ham kutmoqdamiz», — dedi u.

Uzbekistan Helicopters veb-sahifasidagi ma’lumотларга ko‘ra, 20 kishiga mo‘ljallangan MI-8MTV vertolyotida bir yarim soatlik parvoz narxi 40,5 mln so‘m, 16 kishilik vertolyotda parvoz narxi esa 41,5 mln so‘mni tashkil etadi. Xizmat turlari va uchish vaqtiga qarab naxrlar ham o‘zgaradi.

Uzbekistan Helicopters tomonidan to‘rtta Airbus (ikkitadan H125 i H130) vertolyotlarini xarid qilish prezidentning 30 apreldagi qarori bilan belgilab berilgan edi.

Tadbir doirasida OAV vakillari va blogerlar vertolyotlarda Toshkent-Bildirsoy-Amirsoy-Chimgan-Toshkent yo‘nalishida tanishuv parvozini amalga oshirdi.

«Gazeta.uz» fotomuxbiri mazkur tadbirdan tayyorlagan fotoreportajni e’tiboringizga havola etamiz.

Airbus H125.

Airbus H125.

Airbus H125.

Airbus H125.

Airbus H125.


Airbus H125.

Airbus H125.

Airbus H125.

Airbus H125.

Airbus H125 vertolyoti parvoz oldidan.

MI-8MTV vertolyoti.

MI-8MTV vertolyoti.

MI-8MTV vertolyoti.

MI-8MTV vertolyoti.

MI-8MTV vertolyoti.

Airbus H125.

MI-8MTV vertolyoti.

MI-8MTV vertolyoti.

MI-8MTV vertolyoti.

MI-8MTV vertolyoti uchuvchisi Chorvoqda dam olayotganlar qo‘l silkimoqda.

MI-8MTV vertolyoti.

MI-8MTV vertolyoti.

MI-8MTV vertolyoti.

MI-8MTV vertolyoti.

MI-8MTV vertolyoti.

MI-8MTV vertolyoti.

MI-8MTV vertolyoti.

MI-8MTV vertolyoti.

Foto: Abdullo Yodgorov / «Gazeta.uz»