16 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining bo‘lim boshlig‘i Javohir Qudratov 38 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda agentlik matbuot xizmati. U ushbu vazifada 2019 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Javohir Qudratov 1983 yil 12 noyabrda Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat jahon tillari va O‘zbekiston milliy universitetlarini tamomlagan.

Toshkent xalqaro radiosi, Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi, «Qashqadaryo» — «Novosti Kashkadari» gazetalari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa tashkilotlarda faoliyat olib borgan.