Ko‘pincha avtomobil sohibiga aylanishni xohlaydiganlarga dastlabki to‘lov uchun ko‘p pul jamg‘arish kerak bo‘ladi. «Ipak Yo‘li» banki bilan manfaatli shartlar asosida avtokredit olish mumkin. Yaqin fursatlarda orzuingizdagi mashinani xarid qilish uchun kutish kerak bo‘lmaydi.

Manfaatli shartlar asosidagi dastlabki to‘lovsiz kreditni «Ipak Yo‘li» banki filiallarida quyidagi shartlar asosida rasmiylashtirish mumkin:

  • foiz stavkasi — 26,9%;
  • kredit muddati — 60 oygacha (kredit miqdoriga qarab);
  • maksimal kredit miqdori — 450 mln so‘mgacha.

Kreditga ega bo‘lish uchun pasport, daromadlar to‘g‘risida ma’lumotnoma hamda avtomobil xarid qilish to‘g‘risida shartnomani taqdim etish kerak. Badal sifatida kredit summasining 125%dan kam bo‘lmagan likvid ta’minot qabul qilinadi.

Dastlabki to‘lovsiz avtokreditlar haqida batafsil ma’lumot uchun: ipakyulibank.uz

Reklama huquqlari asosida.