7 iyul kuni Namangan viloyati Davlatobod tumani «Yuksalish» mahalla fuqarolar yig‘ini Kushon sanoat hududidan 4 ta butun va 2 ta yarimta yemirilgan «aviatsion» bombalar topildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu bombalar artilleriya snaryadi bo‘lib, ular korroziyaga uchrab yemirilgan.

Foto: Namangan viloyati IIB axborot xizmati

Qayd etilishicha, topilgan bombalarni zararsizlantirish maqsadida Pop tumanidagi G‘urimsaroy 07648-xarbiy qismning maxsus o‘q otish poligoniga olib borilib, yo‘q qilish ishlari olib borilmoqda.

«Bu hududda kunlik navbatchilik tashkil etilib, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qidiruv-qutqaruv otryadi, Ichki ishlar boshqarmasi, Mudofaa vazirligi va IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Namangan viloyati maxsus otryadlari jalb etilgan, xozirda ushbu hududda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.