So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 475 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 4 iyul holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 113 072 nafarni tashkil etmoqda.


Kecha 304 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 109 068 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 751 nafarni tashkil qildi.