Madaniyat vaziri televideniyedagi jonli efirda koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Xalqaro press-klubning navbatdagi jonli sessiyasida Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov jonli efirda koronavirusga qarshi emlandi.

“Press-klub davomida san’atkorlar va jurnalistlar ham emlanishi kutilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Ko‘rstuvda, shuningdek, “Bugun mamlakatimizda aholini koronavirusga qarshi emlash ishlari qanday ketayapti?”, “Ayni paytgacha nechta odam kasallikka qarshi emlandi?”, “Asosan qaysi vaksinalar odamlar orasida mashhur bo‘lmoqda?”, “Ularning orasida eng yaxshisi, samaradori qaysi biri?” kabi savollarga javob olish mumkin.

Avvalroq, maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini olganligi, innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov esa xitoy-o‘zbek vaksinasining sinovida ishtirok etganligi uchun emlangani hamda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov COVID-19 ga qarshi xitoy-o‘zbek vaksinasi bilan emlangani haqida xabar bergan edik.