O‘zbekiston yanvar-may oylarida 150,9 mln dollarlik yengil avtomobillarni import qildi, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston o‘tgan 5 oyda 7,7 mingta yengil avtomobillar import qilgan.

O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

  • Koreya — 42,7 mln;
  • Xitoy — 41,1 mln;
  • Rossiya — 30,5 mln;
  • Qozog‘iston — 8,8 mln;
  • AQSh — 6,7 mln;
  • Tailand — 6,6 mln;
  • Polsha — 4,6 mln;
  • Germaniya — 3,9 mln;
  • Litva — 2,5 mln;
  • Yaponiya — 2,0 mln.

Shuningdek, 2021 yilning yanvar -may oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 134,9 mln. AQSh dollariga teng yengil avtomobillar eksport qilingan.

Yengil avtomobil eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 84,6 mln. AQSh dollariga oshgan.

O‘zbekiston yengil avtomobil eksport qilgan asosiy davlatlar:

  • Qozog‘iston — 127,1 mln;
  • Afg‘oniston — 2,7 mln;
  • Ukraina — 2,3 mln;
  • Qirg‘iz R. — 1,0 mln;
  • Rossiya — 955,9 ming;
  • Ozarbayjon — 444,7 ming;
  • Tojikiston — 339,1 ming AQSh dollari.

2021 yilning may oyida xorijiy davlatlarga qiymati 22,5 mln. AQSh dollariga teng yengil avtomobillar eksport qilingan.

Avvalroq, 2021 yilning birinchi besh oyida O‘zbekistonga xorijdan 205 ta elektromobil import qilingani haqida xabar berilgan edi.