Bankning boshqa mamlakatlardagi mijozlarida do‘stlariga yoki yaqinlariga pul jo‘natish ehtiyoji tez-tez bo‘lib turadi. Oldin buning uchun ish kunlari va ish vaqtida bank filiallaridan biriga borish hamda pulni yuborish uchun navbatlarda turish kerak edi.

“Ipak Yo‘li” banki Ipak Yo’li Mobile mobil ilovasi orqali Visa xalqaro kartalaridan real vaqtda to‘lovlarni amalga oshirish platformasi — Visa Direct xizmatining ishga tushirilganligini e’lon qiladi.

Visa Direct xizmati yordamida bank mijozlari — Ipak Yo’li Mobile mobil ilovasi foydalanuvchilari Visa kartalaridan kunning istalgan vaqtida va har kuni pul o‘tkazishlari mumkin.

Mijoz kimga pul yuborsa ham, qarindoshi yoki do‘sti bo‘ladimi, butun dunyo miqyosidagi to‘lov tarmog‘i — Visa Direct yordamida pullarni tez, oson va xavfsiz o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, yangi xizmat ishga tushirilishi munosabati bilan “Visa Direct komissiyasiz o‘tkazmalari” aksiyasiga start berildi, u shu yilning 1 sentyabrigacha amal qiladi. Ushbu vaqt oralig‘ida “Ipak Yo‘li” banki Visa Direct orqali o‘tkazmalar uchun komissiya olmaydi.

Ipak Yo’li Mobile ilovasidan foydalanib, istalgan paytda Visa Direct‘dan tezkor komissiyasiz to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

Ipak Yo’li Mobile ilovasini ushbu havola orqali yuklab olish mumkin.

Batafsil ma’lumot uchun: ipakyulibank.uz

Reklama huquqlari asosida.