Prezident qarori bilan Vaxobjon Rajapov xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Vaxobjon Rajapov (1971 y.t.) Namangan davlat universitetida tarix-huquq fani o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.

Namangan viloyati xalq ta’limi tizimida turli boshqaruv lavozimlarida faoliyat olib borgan. Jumladan, davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori, Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Tashxis markazi rahbari, Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar Vaxobjon Rajapov Farg‘ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori lavozimida ishlab kelgan.

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlangan.