Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Qaxramon Olimov A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent filiali direktori etib tayinlandi, deya xabar bermoqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati

Qaxramon Olimov 2020—2021 yillar mobaynida maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent filialida 2021−2022 o‘quv yilidan boshlab «Maktabgacha ta’lim», «Maxsus pedagogika (surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika)», «Psixologiya», «Rus tilini o‘qitish nazariyasi va metodikasi» va «Psixologiya va ijtimoiy pedagogika» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. Filialda o‘qitish grant va shartnoma asosida amalga oshiriladi, deyiladi xabarda.