Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 3 iyundan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 9,08 so‘mga pasaydi va 10 550,74 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 67,03 so‘mga pasaydi va 12 850,80 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,19 so‘mga arzonladi va 143,49 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 8 so‘mga pasayib, jami 10 559 so‘mni tashkil qilgandi.