Toshkent viloyatining Angren shahrida va Toshkent shahrining Mirobod tumanida OTMlarga o‘qishga kiritib qo‘chmoqchi bo‘lgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, Angren shahrida fuqaro R. A. fuqaro O.ning ishonchiga kirib, uni 3 500 AQSH dollari evaziga tanishlari orqali Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga kiritib qo‘yishga va’da bergan. Oldindan 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, Departament hamda DXXning Mirobod tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro P.A. fuqaro S. ni tanishlari orqali Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filialiga 1 500 AQSH dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgani aniqlangan. Kelishilgan pullarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.