Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand faollarining viloyat ma’muriy markazini Gulobodga ko‘chirish bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatladi deya «Gazeta.uz» muxbiri xabar bermoqda.

Shuningdek, Samarqand shahrini 1 mln aholi yashaydigan yirik shaharga aylantirish uchun Samarqand, Pastdarg‘om, Tayloq va Oqdaryo tumanlari hududidan 18 ming gektar yer maydoni qo‘shib berilishi ma’qullandi.

Yil yakuniga qadar shahar bosh reja loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha tegishli topshiriq berildi.

Samarqand shahri tarkibida keyinchalik bosqichma bosqich 5 ta yangi tuman: So‘g‘diyona, Siyob, Bog‘ishamol, Maroqand va Qorasuv tumanlari tashkil etiladi.

Avvalroq, prezidentga Samarqand shahri hududini 30,5 ming gektarga kengaytirish bilan bog‘liq loyiha taqdim etilgan edi.