Bekobod tumanida tijorat banklaridan biri imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu bo‘yicha Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Bekobod tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

ATB «Agrobank» Bekobod filiali, «P.A.» va «U.X.» MCHJ mansabdor shaxslari «Yoshlar-kelajagimiz» dasturi doirasida ajratilgan 301 mln so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘larini maqsadsiz sarflagani ma’lum bo‘ldi.

Ushbu holat yuzasidan filial va jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.