13−14 aprel kunlari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi, Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Kristin Lindening O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi, deya «Gazeta.uz» muxbiri xabar bermoqda.

Linde xonim prezident tomonidan qabul qilinishi rejalashtirilgan.

«Mamlakatimiz davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida ko‘zlangan yangilanishlarni faol ilgari surishda ushbu muhim mintaqaviy tashkilot [YeXHT — tahr.] bilan hamkorlikni kengaytirishga qat’iy intiladi», — dedi prezident matbuot kotibi.