Uzbekistan Airways avikompaniyasi piece concept (o‘rindiqlar soni bo‘yicha) tartibi asosida bagaj tashish qoidalarini joriy etdi. Bu haqda kompaniya saytida ma’lum qilindi. Bunga qadar weight concept (og‘irligi bo‘yicha) me’yorlariga amal qilinar edi.

Quyidagi bagaj tashish me’yorlari joriy etilmoqda:

Biznes klass

  • uch o‘lchov summasi bo‘yicha 32 kgdan oshmagan va gabariti 158 sm dan oshmagan og‘irlikdagi 1 ro‘yxatga olingan bagaj;
  • (INF) o‘rni berilmagan chaqaloq uchun uch o‘lchov summasi bo‘yicha 10 kgdan oshmagan va gabariti 115 smdan oshmagan 1 ro‘yxatga olingan bagaj;

Ekonom klass

  • uch o‘lchov summasi bo‘yicha 23 kgdan oshmagan va gabariti 158 sm dan oshmagan og‘irlikdagi 1 ro‘yxatga olingan bagaj;
  • (INF) o‘rni berilmagan chaqaloq uchun uch o‘lchov summasi bo‘yicha 10 kgdan oshmagan va gabariti 115 smdan oshmagan 1 ro‘yxatga olingan bagaj;

Qo‘l yuki

  • ekonom klass uchun — 1 bagaj uchun 8 kg;
  • biznes klass uchun — 1 bagaj uchun 10 kg.

Qo‘l yuki o‘lchami uch o‘lchov summasi bo‘yicha 115 smdan oshmasligi lozim.

Istisno holatlar:

O‘zbekiston — Istanbul/Dubay/Sharja va orqaga qaytish yo‘nalishlarida olib o‘tiladigan bagaj me’yori weight concept tartibi bo‘yicha amal qiladi.

Shu bilan birga, Istanbul/Dubay/Sharjaga/dan bo‘lgan o‘tuvchi xalqaro yo‘nalishlarda olib o‘tiladigan bagaj me’yori PK bo‘yicha qo‘llaniladi (istisno O‘zbekistonning shaharlariga/dan — Istanbul/Dubay/Sharja va orqaga qaytish o‘tuvchi yo‘nalishlarida olib o‘tiladigan bagaj me’yori weight concept tartibi bo‘yicha qo‘llaniladi);

Nyu-York va Pekin uchun olib o‘tiladigan bagaj me’yori o‘zgarishlarsiz qoladi (istisno Toshkent — Nyu-York va orqaga qaytish yo‘nalishida 2021 yil 28 martdan sotuv uchun qaytarilmaslik sharti bilan ekonom klassi tariflari bo‘yicha 23 kgdan ortiq bo‘lmagan 1PK olib o‘tiladigan bagaj me’yori belgilanadi).