28−29 mart kunlari O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi, deya xabar qildi O‘zgidromet.

28−29 mart kunlari respublika hududi bo‘ylab yomg‘ir yog‘ib, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi. Ba’zi joylarida kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

28−29 mart kunlari respublika hududlarida shamolning tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda 23−28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

29 martda havo harorati kechasi va kunduzi 6−11° iliqgacha pasayadi.

27 martdan 30 martgacha tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel kelish, 27−31 mart kunlari tog‘li hududlarda qor ko‘chkisi xavfi mavjud.