Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 15 martdan kuchga kiradi:

  • 1 AQSH dollari 5,35 so‘mga ko‘tarildi va 10 518,91 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 41,98 so‘mga arzonladi va 12 536,44 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,16 so‘mga pasaydi va 142,80 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 9 so‘mga qimmatlab, jami 10 513 so‘mni tashkil qilgandi.