Moliya vaziri o‘rinbosari Ergashev Abdimuxtor Ergashevich boshqa ishga o‘tganligi munosabati lavozimidan ozod etildi. Buni «Gazeta.uz»ning Hukumatdagi manbasi tasdiqladi. Hozircha uning qaysi lavozimga o‘tgani aniq emas.

Ergashev 1977 yil Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2000 yilda Termiz davlat universitetini, 2004 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2009 yilda prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Ergashev Moliya vazirligidan avval, 2018 yildan 2019 yilning sentyabrigacha qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.