O‘zbekistonda 3 martdan boshlab Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillarini xarid qilish uchun shartnoma berish jarayoni qayta tiklanadi. Bu haqda Asakadagi avtozavodga uyushtirilgan press-tur davomida UzAuto Motors mas’ullari ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz» muxbiri.

Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillarini xarid qilish shartnomalar berish vaqtincha to‘xtatilgani fevral oyi boshida ma’lum bo‘lgan edi. Bunga UzAuto Motors dilerlari shartnomalar va avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha yangi boshqaruv tizimiga o‘tayotgani sabab qilib ko‘rsatilgan edi.

Avvalroq UzAuto Motors Equinox yetkazib berishni to‘xtatgani haqida xabar berilgan edi.