O‘zbekistonning Qanot Sharq Airlines aviakompaniyasi foydalanilgan ikkita Airbus A320−200 samolyotini ijaraga oldi. Bu haqda samolyotlarni ijaraga bergan Air Lease Corporation kompaniyasi ma’lum qildi.

Qanot Sharq Airlines hududiy aeroportlardan Turkiya, Saudiya Arabistoni, Rossiya va Qozog‘iston yo‘nalishlari bo‘yicha parvozlarni amalga oshiradi.

Samolyotlar mart oyida yetkazib beriladi. Ushbu samolyotlar o‘zbek startap-aviakompaniyasi parkidagi ilk samolyotlar bo‘ladi.

Spot.uz'ning xabar berishicha, Qanot Sharq Airlines O‘zbekistondagi ilk xususiy aviakompaniya hisoblanadi.

Kompaniya 1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, 2003 yildan 2012 yilgacha «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning Il-76 samolyotlarini ijaraga olgan va o‘z charter reyslarini amalga oshirgan.