Yaponiya bosh vaziri «yolg‘izlik vaziri» deb nomlanishi mumkin bo‘lgan lavozimni joriy etishga buyruq berdi. U mamlakatda yolg‘izlik va yakkalanishga qarshi kurashni boshqarishi kerak bo‘ladi, deya xabar bermoqda Inc. nashri Nikkei ma’lumotlariga asoslanib.

Ushbu vazir o‘z joniga qasd qilish holatlarining ko‘payishi muammosi bilan shug‘ullanadi.

«Uzoq davom etayotagan pandemiya tufayli ayollar orasida o‘z joniga qasd qilishlar soni ko‘paymoqda», — dedi Yaponiya bosh vaziri.

Yolg‘izlik bo‘yicha vazir o‘z joniga qasd qilishning oldini olish bilan shug‘ullanadigan idoralar harakatlarini muvofiqlashtirishi, shuningdek, keksa yoshdagi va kambag‘al oilalar farzandlarinining ahvolini kuzatib borishi kerak bo‘ladi.

Yaponiya SSV ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya sababli o‘z joniga qasd qilish holatlari 10 yil ichida birinchi marta oshib, 20 ming 919 kishini tashkil etdi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 3,7 foizga ko‘p.