Farg‘onada Lasetti piyodani urib yuborishi oqibatida, piyoda vafot etdi, deya xabar berdi viloyat IIB axborot xizmati.

27 yanvar kuni Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida fuqaro M.M. «Lacetti-2» rusumli avtomashinasini Jaloyer qishlog‘i hududida boshqarib ketayotib, qatnov qismini kesib o‘tayotgan piyoda, M.A. ismli ayolni urib yuboradi.

Oqibatda, M.A. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.