Falastin prezidenti Mahmud Abbos juma kuni 15 yil ichida birinchi marta bo‘lib o‘tadigan umumiy saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida farmon chiqardi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

Qonunchilik Assambleyasiga saylovlar 22 mayda, Prezident saylovlari 31 iyulda bo‘lib o‘tadi.

Qonunchilik Assambleyasiga saylovlar natijalariga ko‘ra 120 o‘rinli parlament shakllantiriladi. Ovoz berish Iordan daryosining g‘arbiy sohilida ham, G‘azo sektorida ham bo‘lib o‘tadi.

Deputatlar 31 avgustda shakllanish jarayoni yakunlanadigan Falastin milliy kengashining a’zolariga ham aylanishadi.

Falastinni ozod qilish tashkiloti orqali Milliy kengashga saylovlar falastinliklar yashaydigan mamlakatlarda o‘tkaziladi.

Qonunchilik Assambleyasiga so‘nggi umumiy saylovlar 2006 yilda bo‘lib o‘tgan va XAMAS harakati g‘alaba qozongan. Mahmud Abbos g‘olib bo‘lgan prezidentlik saylovlari 2005 yilda bo‘lib o‘tgan edi.