«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, bugun kunduz kuni harorat hali ham past bo‘lib, kunning o‘rtasiga kelib, havo 2−4 daraja sovuq bo‘ladi.

Dam olish kunlari kechasi havo haroratining ko‘tarilishi sekinroq bo‘ladi, kunduz kunlari esa tezlashadi.

Yakshanba kuni kechalari 1−6 darajagacha sovuq bo‘ladi, kunduzi esa havo 7−10 daraja iliqlashadi.

Shu kunlarda havo yog‘ingarchiliksiz, asosan biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning ba’zi hududlariga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Ushbu davrda tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.