Yangi yil bayrami munosabati bilan 31 dekabr va 2021 yil 1 yanvar kunlari to‘yxona, mehmonxona, restoran hamda kafelarda 30 kishidan ko‘p bo‘lgan ko‘ngilochar tadbirlarni koronavirusga PZR test yoki ekspress-test tekshiruvi asosida tashkil etilishiga istisno tariqasida ruxsat berildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

30 kishidan ko‘p bo‘lgan ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil etuvchi to‘yxona, mehmonxona, restoran va kafelarda:

  • shartnoma asosida sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini jalb etgan holda epidemiologik tartiblarga rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatilishi;
  • koronavirusga PZR test natijasi bo‘lmagan tashrif buyuruvchilar uchun xususiy laboratoriya yoki sanitariya-epidemiologiya xizmati bilan shartnoma asosida joyida koronavirusga ekspress-test tekshiruvini yo‘lga qo‘yilishi talab etiladi.