DXX hamda IIV xodimlari tezkor tadbir o‘tkazib, COVID-19`ni aniqlashda PZR-testi ma’lumotnomalarini soxtalashtirib, “Toshkent” xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga sotish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar faoliyatiga chek qo‘ydi.

DXXning “Gazeta.uz"ga ma’lum qilishicha, “Toshkent — Moskva” yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi 4 nafar fuqaroning hujjatlari tekshirilgan va ularning oldidan soxta PZR-testi ma’lumotnomalari chiqqan.

Dastlabki surishtiruv natijasida, ular COVID-19 bo‘yicha test topshirmagani va soxta ma’lumotnomalarni 1992-yilda tug‘ilgan buxorolik hamda 1991-yilda tug‘ilgan xorazmlik shaxslardan olgani ma’lum bo‘lgan.

Ularga esa Toshkent shahrida yashovchi 1989-yilda tug‘ilgan M.N. va 1977-yilda tug‘ilgan K.A.lar tayyorlab, yetkazib turishgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.