So‘nggi yillarda O‘zbekistonda mahalliy mahsulotlar, shu jumladan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish geografiyasini kengaytirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Ammo boshqa mamlakatlar bozorlariga kirish uchun xalqaro sertifikatsiyalashdan o‘tish kerak.

Xalqaro qishloq xo‘jaligi sertifikatsiyasi nima

Jahon bozoriga chiqish uchun oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarining xavfsizligi va ekologik talablarni inobatga olgan holda yetishtirilganligini kafolatlashlari kerak. Ular kimyoviy qo‘shimchalar me’yoriga amal qilishlari va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishlari zarur.


Oddiy qilib aytganda, xalqaro sertifikatsiyalash — yetkazib berilayotgan mahsulotlarning ma’lum bir mamlakatning sifat talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat.

Sertifikatsiyalash nima uchun kerak?

Ko‘pgina xorijiy kompaniyalar uchun xalqaro sertifikatning borligi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan savdo qilishning muhim shartidir. Chakana savdo tarmoqlari va supermarketlar sifati xalqaro standartlar bilan tasdiqlangan tovarlarga qiziqish bildiradi.

GLOBAL G.A.P. va Organic sertifikatsiyasidan o‘tgan ishlab chiqaruvchi mahsulotlariga nisbatan ochiqlik va mas’uliyatni namoyish etadi. Bu har doim kompaniya imijining oshishiga va kompaniyaga nisbatan xolis munosobatning yaxshilanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek yetkazib beriladigan mahsulotlarning sotilishiga amaliy yordam beradi.

Sertifikatlar mahalliy mahsulotlarni AQSH va Yevropa bozorlarida targ‘ib qilishga yordam beradi.

GLOBAL G.A.P. — bu tan olingan xalqaro standartlar tizimidir. Bu yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining xavfsizligini hamda sifat va texnik talablarga muvofiqligini ta’minlaydi. Uning asosiy farqi shundaki, sertifikatsiyalash nafaqat yakuniy mahsulot sifatini baholashni, balki butun ishlab chiqarish siklini qamrab oladi.

Organic tomonidan sertifikatlangan mahsulotlar bu ta’m va barcha foydali mikroelementlarni saqlaydigan tabiiy organik mahsulotlardir. Standart yerga ishlov berishdan va jonzotlarga g‘amxo‘rlik qilishdan boshlab, mahsulot ishlab chiqarish, saqlash va tashish bilan yakunlanuvchi barcha bosqichlarda organik ishlab chiqarish talablariga rioya qilishni o‘z ichiga oladi.


Sertifikatsiyadan o‘tishda kim yordam beradi

Control Union Central Asia (Niderlandiya) va Peterson kompaniyalar guruhi tarkibiga kiruvchi Control Union Central Asia (O‘zbekiston) GLOBAL G.A.P. va Organic standartlari asosida sertifikatlashtirishni o‘tkazadi. Ular O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun Yevropa mamlakatlari va AQSHga mahsulot eksport qilish imkoniyati eshigini ochadi.

Control Union bosh kompaniyasi 100 yildan buyon logistika, sifat, sertifikatsiyalash va xatarlarni boshqarish sohasida ishlaydi. O‘zbekistondagi mahalliy ofis o‘z xodimlarini Niderlandiyada o‘qitgan holda, o‘ziga ishonib topshirilgan faoliyatni amalga oshiradi.

Halollik, tartib, insonlarga, jamiyatga va atrof-muhitga hurmat kabi fazilatlar bosh kompaniyaga «1920 yildan buyon birga rivojlanmoqdamiz» tantanali shiorida aks topgan bugungi 100 yillik uzun manzilni bosib o‘tib, ulkan yutuqlarga erishishda yordam berdi.


Qaysi kompaniyalar xalqaro sertifikatsiyadan o‘tgan

2020 yilda Control Union bir nechta mahalliy korxonalar faoliyatini Global G.A.P., EU Organic, USDA Organic standartlari bo‘yicha tekshirdi.

Bugungi kunda UZAGROLIDER, Red Star Oxus Global G.A.Pga muvofiqligi uchun sertifikatlangan. Mexrigio kompaniyasi mamlakatda birinchilardan bo‘lib USDA Organic va EU Organic muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘ldi.

Hozirda Organic EUni quyidagilar qo‘lga kiritgan:

  • Baraka Meva — kaperslarni yig‘ish va qadoqlashga ixtisoslashgan tashkilot (Namangan viloyati);
  • Kamalak Shabnam Teks (Buxoro Zarhal Teksning bo‘linmasi) — paxta matolari ishlab chiqaruvchisi (Buxoro viloyati).

Shuningdek, Control Union Central Asia kompaniyasi To’qimachiliksanoat bilan birgalikda mamlakatning yirik to‘qimachilik klasterlari bilan ishlar olib bormoqda.


Kompaniya Global Organic Textile Standard (GOTS) to‘qimachilik standartlari asosida sertifikatsiyani o‘tkazishni rejalashtirgan. Ular nafaqat organik xom ashyoni tekshirishni, balki ijtimoiy talablarni — ishchilar xavfsizligi, atrof-muhit ifloslanishini nazorat qilish, diskriminatsiya, bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berishni ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, kompaniya bir nechta korxonalarning SEDEX ijtimoiy va ahloqiy javobgarligini sertifikatsiyalash uchun sertifikatsion audit o‘tkazishga tayyor.

Bunday ijtimoiy muvofiqlik standartiga berilgan xalqaro baho sertifikatlangan ishlab chiqaruvchilar uchun bozorda yana bir ustunlik beradi va dunyo mamlakatlarining O‘zbekistonning to‘qimachilik sanoatiga bo‘lgan ishonchini oshiradi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (+998) 90−808−35−54, (+998) 90 −912−06−01.

Sayt: controlunion.uz

Reklama huquqlari asosida.