Bosh prokuraturaning «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishiga ko‘ra, Navoiy shahridagi hayvonot bog‘ida bir qancha qush va hayvonlarni saqlash sharoitlarida kamchiliklar aniqlangan.

Yovvoyi hayvonlar bir bosh bo‘ri, jayra, qirg‘ovul, qora tasqara, burgut, ukki, kal jurchi, qamish mushuklar hayvonot bog‘ida ruxsatnomasiz saqlanib, qonun talablari buzilganligi ma’lum bo‘lgan.

Ushbu fakt bo‘yicha departament 16 dekabr kuni xususiy hayvonot bog‘i direktori Sohiba Barnoyevaga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi 1-qismi bilan hujjatlarni shahar ma’muriy sudiga yubordi.

Navoiy shahar ma’muriy sudi hayvonlar yomon sharoitda saqlanadigan xususiy hayvonot bog‘i direktoriga ogohlantirish berdi. Korxona rahbariga besh kun ichida kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida buyruq berildi. Agar ushbu muddatdan so‘ng qonun buzilishi bartaraf etilmasa, ish qayta tiklanadi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga ishni sudga tayyorlayotgan profilaktika inspektori ma’lumotlariga asoslanib Mehr va oqibat HXJ xabar berdi.