Olive Norman davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish orqali markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti yetib bormagan qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha vazir maslahatchisi etib tayinlandi. Bu xaqda O‘zAga vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, xalqaro tajribaga ega bo‘lgan ekspert sifatida Olive Norman davlat ijtimoiy buyurtmalari asosida qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihalarini shakllantirish, ularni amalga oshirish hamda natijadorligini monitoring qilish masalalarida vazirlik mas’ul xodimlariga ko‘maklashadi.

Hozirda suv resurslari sohasidagi ekspert Olive Norman ushbu masalalarda vazirlik huzurida tashkil etilgan jamoatchilik kengashi a’zosi sifatida ham faoliyat yuritadi.