Ekvador olimlari tomonidan mamlakatda koronavirusning yangi turlari aniqlandi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

Ulardan biri mamlakatda kasalliklar sonining ko‘payishiga ta’sir qilishi mumkin deya taxmin qilinmoqda. Biroq ular Buyuk Britaniyada qayd etilgan shtamm bilan hech qanday aloqasi yo‘qligi ma’lum qilindi.

Tadqiqotchilar genetik materiallarni mamlakatning 22 provinsiyalaridan olingan 2,5 mingdan ortiq namunalarni saqlab qolishdi, bu har bir shaharda paydo bo‘lgan virus shtammining turini, mutatsiyalar mavjudligini aniqlashga imkon berdi.

Bundan tashqari, Ekvadorda koronavirisning yana ikki turi aniqlandi, ular iyul va noyabr oylari orasida paydo bo‘lgan.