21 dekabrda Yupiter va Saturn o‘rta asrlardan buyon ilk marotaba maksimal yaqinlashdi. «Buyuk birlashuv»ni Yerning Shimoliy yarim sharida kuzatish mumkin — bu yerda qish quyoshi turishi va yilning eng qisqa yorug‘ kunlari o‘tadi.

Yupiter va Saturn oddiy ko‘z bilan qaralganda, yulduzlar osmonida bitta yorqin nuqta bo‘lib ko‘rinadi. Biroq, hozirgi vaqtda ular orasidagi masofa 450 million kilometrni tashkil qiladi.

Sayyoralar so‘nggi marta 1623 yilda shunchalik yaqin bo‘lgan. O‘sha paytda ularni ko‘rish qiyin edi, chunki «buyuk birlashuv» tongda sodir bo‘lgan va Quyosh nurlari uni to‘sgan.

Yupiter va Saturn har 19,6 yilda bir marta «buyuk birlashuv» orqali o‘tadi, ammo hodisa 1226 yildan beri birinchi marta tunda sodir bo‘ldi. Yulduzli osmondagi sayyoralarning navbatdagi shunday yaqin uchrashuvi 60 yildan so‘ng — 2080 yilda bo‘lib o‘tadi.