«Postda.uz» nashrining xabar berishicha, 16 dekabr kuni Andijon viloyatining Baliqchi tumanida baxtsiz hodisa tufayli ikki kishi halok bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shu tumanda yashovchi 18 yoshli Z.K. o‘z joniga qasd qilib, «Qoradaryo» kanaliga o‘zini tashlagan. Buni 65 yoshli bobosi ko‘rib qoladi va nabirasini qutqarish uchun suvga tushadi. Suv oqimi kuchliligi va sovuqligi sabab nevaraga qo‘shilib, bobo ham cho‘kib ketgan.

Jasadlarni suvdan qidirib topish choralari ko‘rildi. Prokuratura bu bo‘yicha surishtiruv olib bormoqda.