1 dekabrdan boshlab Toshkent shahrida yagona transport kartasi narxi 15 ming so‘mga ko‘tarildi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, avtomatlashtirilgan transport to‘lov tizimi operatori (ATTTO) ushbu kartalarni 5 ming so‘mdan sotish bo‘yicha aksiyani tamomladi. Ushbu summaning 10 ming so‘mi karta narxi bo‘lsa, 5 ming so‘mi balans sifatida taqdim etiladi.