Yuk avtomobillari uchun Toshkent shahriga kirib-chiqishda cheklovlar o‘rnatilishi mumkin, deya ma’lum qildi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘zining Telegram kanalida.

Qayd etilishicha, xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga poytaxt IIB YHXB tomonidan yo‘llarda tirbandlikning oldini olish maqsadida ertalab soat 7.00−10.00 va kechki 17.00−20.00 vaqtlar oralig‘ida Toshkent shahriga og‘ir yuk tashuvchi transport vositalarining kirib-chiqishini cheklash haqida qaror qabul qilish taklifi kiritilgan.

Ushbu masala tez kunlarda Toshkent shahar kengashi deputatlari tomonidan ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.