Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining tegishli buyrug‘i bilan Xo‘jaakbar Fayzullaxo‘jayev va Azizbek Yunusov Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i o‘rinbosarlari etib tayinlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Xo‘jaakbar Fayzullaxo‘jayev bunga qadar Yunusobod tuman hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Azizbek Yunusov bunga qadar Mirobod tumani hokimi o‘rinbosari — tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.